Iroq harbiylarining Mosulni IShID jangarilaridan tozalash bo‘yicha operatsiyasi boshlanganidan buyon 107 mingdan ortiq iroqlik o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“17-oktabrda Mosulni ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanganidan buyon 107 304 kishi (17 884 oila) majburiy ko‘chgan”, — deyiladi bayonotda.
19-dekabrdan buyon ko‘chgan shaxslar soni 3 ming kishiga, bir oyda esa 40 ming kishiga ko‘paygan.
Bir muddat ilgari Iroq migratsiya va ko‘chgan shaxslar masalalari vazirligi 120 ming raqamini keltirgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)