Kolumbiyaning Aerosucre aviakompaniyasiga tegishli yuk samolyoti mamlakat sharqida qulashi oqibatida uning bortida bo‘lgan to‘rt kishi nobud bo‘ldi, bir kishi yaralandi, yana bir kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Ilgariroq uch kishi halok bo‘lgani, ikki kishi yaradorligi bildirilgan edi.
Aviahalokat 21-dekabrga o‘tar kechasi ro‘y berdi. Boeing 727 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay quladi.
Puerto-Karrenyo–Bogota reysini amalga oshirayotgan reys bortida olti kishi bor edi.