Moskva hakamlik sudi Google Inc. korporatsiyasiga jarima solish yuzasidan ko‘rib chiqilayotgan ishni yopiq tartibga ko‘chirdi. Rossiya federal aksilmonopoliya xizmati kompaniyani 500 ming rubl jarimaga tortishni talab qilmoqda, deb eslatadi “Vedomosti”.
Shu tariqa, sud Google’ning da’vosini qondirdi. Korporatsiya federal aksilmonopoliya xizmatiga qarshi ishlarni an’anaviy ravishda yopiq tartibda ko‘rib chiqishni so‘raydi.
Ilgariroq xizmat ko‘rsatmalarni bajarmagani uchun Google’ga 500 ming rubl, Google Ireland’ga esa 1 million rubl jarima solgan edi.
Izoh (0)