Har bir uy bekasi u yoki bu taom tayyorlash jarayonini yengillashtiruvchi yoki ularga qo‘shimcha ta’m beruvchi o‘z sir va retseptlariga ega. Ko‘pchilik ularni yillar davomida to‘plab boradi va avloddan avlodga yetkazadi. Quyida taom tayyorlashni anchagina yengillashtiruvchi zamonaviy layfxaklarni to‘pladik.
Ikki pitssani bir vaqtning o‘zida tayyorlaymiz
Ikkita pitssani bir vaqtning o‘zida tayyorlash yoki isitish kerak, lekin duxovkada joy yetishmayaptimi? Pitssani duxovkaga joylashtirishdan avval ularni ikki bo‘lak qilib kesing. Shu yo‘l orqali siz ularni bir vaqtning o‘zida pishirishingiz mumkin.
Muzqaymoqning muzxonada qotib qolishiga yo‘l qo‘ymang
Muzqaymoq sovutkich muzxonasida doim yumshoq bo‘lib turishi uchun uni germetik paketga joylashtiring. Endi mazali muzqaymoqdan bahramand bo‘lish uchun uning erishini kutishingizga to‘g‘ri kelmaydi.
Shokolad pastasini oxirigacha yeb qo‘yamiz
Mazali shokolad pastasining deyarli bo‘shab qolgan qutisini tashlab yubormasdan, uni ichiga muzqaymoq soling. Ajoyib desert tayyor!Mikroto‘lqinli pechda ikki porsiya taomni bir martada isiting
Agar mikroto‘lqinli pech o‘lchamlari ikki idishni sig‘dirish imkonini bermasa, shunchaki ikkinchi idishni stakan yoki krujkaning ustiga qo‘yib, har ikkala idishdagi taomni bir paytning o‘zida isiting.
Ochilishi qiyin pistani oson chaqing
Bitta pistani ikkinchisi po‘chog‘idagi ochiq joy yordamida chaqing
Yorma ushoqlaridan chovli yordamida xalos bo‘lamiz
Yormani chovliga solib, ularni xuddi elagandek, butun bo‘lakchalarni ushoqlaridan ajratamiz.
Pechenyeni sutga solib, bir necha soatga sovutkichga qo‘ysangiz, muzlatilgan ajoyib shirinlik hosil bo‘ladi.
Banka qopqog‘i hadeganda ochilavermasa, uning qopqog‘i orasiga qoshiq yoki ochqichni suqing. Bankaga havo kirishi bilan u osongina ochiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)