Illyuminatorning ochiq pardalari samolyot kabinasini avariya holatlariga tayyorlash jarayonining bir qismi hisoblanadi. Avariya yuz bergan holatda barcha yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish uchun ekipajning bor-yo‘g‘i 90 soniya vaqti bo‘ladi, deb yozadi Travelask.
Aynan ushbu 90 soniya ichida barchasiga ulgurish uchun jamoa samolyotni oldindan tayyorlaydi. Bundan tashqari, avariya holatlarida chiqish joyida joylashgan o‘rindiqlar alohida ahamiyatga ega. Ularni faqat kattalar egallashi mumkin. Ular favqulodda vaziyatlarda ekipajga yordam berishga tayyor bo‘lishi uchun xavfsizlik yo‘riqnomasi bilan tanishish tavsiya etiladi.
Illyuminator pardalari uchish va qo‘nishda ko‘tarib qo‘yiladi, chunki parvozning aynan ushbu bosqichlari eng xavfli hisoblanadi. Ma’lumki, halokatlarning eng ko‘p soni aynan uchish va yerga qo‘nish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yo‘lovchilardan pardalarni ko‘tarish, o‘rindiqni vertikal holatga keltirish, kamarni o‘tkazish va boshqalar so‘raladi.
Avariya holatlarida har bir soniya hisobda. Pardalar ko‘tarilgan holatlarda jamoa bort ortidagi vaziyatni qiyinchiliksiz ko‘ra oladi va evakuatsiya masalasida maksimal darajadagi to‘g‘ri qarorni qabul qiladi.
Avariya yuz bergan taqdirda odamlar bunga tayyor bo‘lishi kerak. Shuning uchun kunduz kuni ochiq pardalar yo‘lovchilarga aynan shunday yorug‘likka ko‘nikish imkonini beradi. Bu tungi vaqtdagi parvozlarga ham taalluqli: pardalar ochiladi, kabinani yoritish esa pasaytiriladi. Bu qutqaruv xizmatlariga tashqaridan turib samolyot ichida nima yuz berayotganligini ko‘rishga yordam beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)