Janubiy Koreyaning Korea Future Technology kompaniyasi og‘ir robot prototipini yaratdi. U ichidagi odam harakatlari yordamida boshqariladi, deb yozadi TJournal.
Robotni yaratishda 3D rassom Vitaliy Bulgarov ishtirok etdi. U Facebook’dagi sahifasida robot qo‘llarini boshqarish tizimining sinov jarayoni videosini joyladi.
https://www.instagram.com/p/BODgzx4jT12/
Loyihaning bosh maqsadi sanoatda amaliy qo‘llash uchun robotlashtirilgan platformani yaratishdir. Robot aynan qaysi sohalarda qo‘llanilishi hozircha noma’lum.
Bulgarovning ma’lum qilishicha, u loyihaning barcha tafsilotlarini oshkor eta olmaydi. 2016-yil yakuniga kelib robot oldinga qadam tashlay oladi va qo‘llarini harakatlantira oladi. Uning balandligi 4 metr, og‘irligi esa 1,5 tonnani tashkil etadi.
https://www.instagram.com/p/BODkge-DIY3/
Loyihaning 2015-yil yakunidagi prototipi
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari robotni Jeyms Kemeronning 1986-yilda chiqqan “Begonalar” va 2009-yilda chiqqan “Avatar” filmlaridagi jangovar robotni eslatib yuborishini qayd etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)