14-dekabr kuni Facebook “Ota-onalar uchun portal”ni ishga tushirdi, deb yozadi TJournal. Yaratuvchilar g‘oyasiga ko‘ra, u katta avlodga ijtimoiy tarmoqni yaxshiroq o‘zlashtirish va o‘z farzandlariga yetib olishda yordam berishi kerak.
Portal ijtimoiy tarmoq xavfsizlik markazining bir qismi bo‘lib, katta avlodga saytda muloqot qilishdan maksimal darajada mamnuniyat olish va bolalarga xavfsizlik asoslarini o‘rgatishda qo‘l kelishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, portalda ota-onalar uchun maslahatlar bo‘lib, ular bolalarga ijtimoy tarmoqdan foydalanishni o‘rgatishda yordam berishi kerak.
Shuningdek,kompaniyaning o‘z farzandlari bo‘lgan xodimlari o‘zlarining texnologiya davridagi ota-onalik tajribasi haqida gapirib bergan.
Izoh (0)