Xitoyning Sichuan provinsiyasida erkak nikoh marosimida semiz ko‘rinishdan cho‘chigan kelinning libosini kiyib oldi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
U Shuay ismli kuyov bo‘lajak rafiqasi Ou Syanni qo‘llab-quvvatlash maqsadida u bilan liboslarni almashtirdi. Shu tariqa, ular bir-birining kiyimida mehrob oldiga keldi.
Qayd etilishicha, kuyov kelin uchun mo‘ljallangan ko‘ylakka sig‘ishi uchun tikuvchining libos ustida ishlashiga to‘g‘ri keldi.
“Bunday maxsus kun munosabati bilan bir-birimizning o‘rnimizga qo‘ya olishga tayyor ekanimizni ko‘rsatib bermoqchi bo‘ldim. Bu turmush qurish uchun to‘g‘ri yo‘l”, – dedi Shuay.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)