Rossiya xalq artisi, opera kuychisi Xibla Gerzmava xokkey bo‘yicha “Perviy kanal”ning shu nomli Kubogi doirasidan o‘rin olgan Rossiya va Chexiya o‘yini oldidan mamlakat madhiyasi so‘zlarini unutib qo‘ydi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
46 yoshli opera kuychisi uchrashuv oldidan Rossiya madhiyasini kuyladi. Avvaliga Gerzmava ijroni vaqtida boshlay olmadi, keyinchalik u fonogramma qaytadan yoqilishini so‘radi. Keyinroq esa u madhiya so‘zlarini unutdi.
Rossiya va Chexiya uchrashuvi boshlanishidan bir necha soat avval “Perviy kanal” telekanali o‘z nomli Kubok uchrashuvlarini auditoriyaning qiziqishi yo‘qolgani uchun translyatsiya qilmasligi haqida ma’lum qildi. Telekanal matbuot xizmatining qayd etishicha, kanal budjet hisobidan moliyalashtirilmaydi va reklamadan daromad topadi.
Perviy kanal kubogi o‘yinlar namoyishini “Match TV”ga tekinga berib yubordi. Rossiya xokkey federatsiyasi prezidenti Vladislav Tretyakning ma’lum qilishicha, bunday qaror kutilmagan bo‘ldi va federatsiya vaziyatni o‘nglashga urinmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)