Lola Karimova-Tillayeva Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan “Ayollar va sport” diplomi bilan taqdirlandi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Men Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan ‘Ayollar va sport’ diplomi bilan taqdirlanganimdan nihoyatda xursandman. Ushbu sharafli diplom sport sohasida gender tenglikni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlar uchun taqdim etildi.
Sportni xotin-qizlar orasida ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarimizga shunday yuqori baho berilgani uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va uning prezidenti Tomas Baxga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman”, — deyiladi xabarda.
“Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoq lozimki, bugungi kunda o‘nlab iqtidorli o‘zbekistonlik sportchi ayollar nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston sportining xalqaro miqiyosidagi nufuzini yanada oshirishga o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shmoqdalar. Bizning gimnastika federatsiyamiz tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar o‘zbek sportining rivojiga xizmat qilib, sportchilarimizning kelajakdagi g‘alabalari uchun zamin yaratishiga ishonaman”, — qo‘shimcha qildi Lola Karimova-Tillayeva.
Izoh (0)