Britaniyaning Uigan shahrida 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan pirog yeyish bo‘yicha chempionat sharafiga mahalliy tashabbuskorlar kartoshka va go‘shtli pirogni kosmosga uchirdi. Pirog meteozondga mustahkamlandi, deb yozadi TJournal.
Shu tariqa tajriba mualliflari 30 kilometr balandlikka sayohatdan so‘ng pishiriqning molekulyar tuzilishi qanchalik o‘zgarishini tekshirib ko‘rishga qaror qildi.
Kamerali zond yerga muvaffaqiyatli qaytdi, pirogni esa chempionat vaqtida tatib ko‘rishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kostroma viloyatida stratosferaga kotletlar uchirilishi e’lon qilingan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)