Foydalanilgan mashinalarni onlayn sotuvchi Carvana kompaniyasi AQShning Xyuston shahrida avtomobillar uchun 8 qavatli vending apparatini ishga tushirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
G‘oya juda oddiy – mashinani onlayn xarid qilganlar Carvana ofisida maxsus tanga olib, uni vending apparatiga tashlashi kerak bo‘ladi va mashina o‘zi yetib keladi.
Qayd etish kerakki, Carvana kompaniyasi mashinalar uchun mo‘ljallangan ilk vending apparatini Neshvill shahrida ochgan edi.
Ma’lumot uchun, vending apparati mahsulotni avtomatlashtirilgan tarzda sotib olish uchun mo‘ljallangan. Bunday qurilma asosan gazak va ichimliklarni sotishda ishlatiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)