Britaniya Kengashi O‘zbekistondagi faoliyatining 20 yilligini keng miqyosda nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Kengash vakillari ma’lum qildi.
Yubiley dasturi konsepsiyasi o‘tgan davr ichida Britaniya Kengashi faoliyatining barcha yo‘nalishlaridagi hamkorlikning eng muhim natijalarini o‘z ichiga oladi hamda san’at va madaniyat sohasida yangi loyihalar boshlanishini ko‘zda tutadi, deb ta’kidlanadi xabarda.
Dasturdan o‘rin olgan tadbirlardan biri Britaniya Kengashi kolleksiyasidagi video-artlar hamda London Film agentligi tomonidan ta’sis etilgan nufuzli Jarmen premiyasi sohibi bo‘lgan qisqa metrajli filmlar namoyishi bo‘ladi.
Bundan tashqari, namoyish etiladigan bir qator filmlarning muallifi Bred Batler ishtirokida muhokama o‘tkaziladi.
Tadbirning birinchi bosqichi bugun, 15-dekabr kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida bo‘lib o‘tdi. 16-dekabr soat 11:00 dan 13:00 ga qadar namoyishlar Bonum Factum galereyasida bo‘ladi.
Izoh (0)