13-dekabr kuni O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda, O‘zAga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ukraina rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti saylovida qo‘lga kiritilgan ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi.
Tomonlar turli yo‘nalishlardagi O‘zbekiston-Ukraina munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashdi.
Davlatlar rahbarlari birinchi galda savdo-iqtisodiy sohada O‘zbekiston va Ukraina orasidagi o‘zaro aloqalar rivojiga qo‘shimcha turtki berish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlar yuzasidan kelishuvga erishdi.
Pyotr Poroshenko Shavkat Mirziyoyevni o‘ziga qulay vaqtda Ukrainaga rasmiy tashrif bilan kelishga chaqirdi.
Izoh (0)