Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 16-tur bellashuvlari “Roma” — “Milan” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetdi.
Bir-biri bilan jiddiy raqobat olib borayotgan jamoalarning o‘zaro o‘yinida Mbaye Nyang mezbonlar darvozasi tomon belgilangan penaltidan aniq foydalana olmadi. Bu esa ikkinchi bo‘limda “Milan” uchun qimmatga tushib, belgiyalik Radja Naynggolanning goli rimliklar g‘alabasi uchun kifoya qildi.
Italiyaning so‘nggi 5 yillikdagi gegemon jamoasi “Yuventus” Turin derbisida ishtirok etib, “Torino” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mavsumning A seriyadagi eng qimmat transferiga aylangan Gonsalo Iguainning dubli “keksa senyora”ga g‘alaba keltirdi.
Mazkur turda, shuningdek, “Napoli” va “Inter” klublari ham g‘alaba nashidasini surdi.
Chempionlar Ligasida yurishini davom ettirayotgan “Yuventus” va “Napoli”ning bo‘lajak raqiblari bilan shu havolada, Yevropa Ligasidagi “Inter” hamda “Fiorentina”ning raqiblari bilan esa shu linkda tanishish mumkin.
Italiya A seriyasi 16-tur bellashuvlari 10-dekabr, shanba
“Krotone” — “Peskara” 2:1
Gollar: Raffaele Palladino, 24-pen (1:0). Ugo Kampanyaro, 82 (1:1). Janmarko Ferrari, 83 (2:1).Noaniq penalti: Ledian Memushay, 44 (P).Chetlatishlar: Alberto Akvilani, 73 (P). Leonardo Kapetssi, 80 (K).“Sampdoriya” — “Latsio” 1:2
Gollar: Sergey Milinkovich-Savich, 40 (0:1). Marko Parolo, 45 (0:2). Patrik Shik, 89 (1:2).11-dekabr, yakshanba
“Kalyari” — “Napoli” 0:5
Gollar: Dris Mertens, 34 (0:1). Marek Hamshik, 45 (0:2). Pyort Zelinski, 51 (0:3). Dris Mertens, 69 (0:4). Dris Mertens, 72 (0:5).“Atalanta” — “Udineze” 1:3
Gollar: Duvan Sapata, 45 (0:1). Jasmin Kurtich, 47 (1:1). Seko Fofana, 72 (1:2). Siril Tero, 87 (1:3).“Bolonya” — “Empoli” 0:0
“Palermo” — “Kyevo” 0:2
Gollar: Valter Birsa, 14 (0:1). Serjio Pellisye, 49 (0:2).“Torino” — “Yuventus” 1:3
Gollar: Andrea Belotti, 16 (1:0). Gonsalo Iguain, 28 (1:1). Gonsalo Iguain, 82 (1:2). Miralem Pyanich, 90+2 (1:3).“Inter” — “Jenoa” 2:0
Gollar: Marselo Brozovich, 38 (1:0). Marselo Brozovich, 69 (2:0).12-dekabr, dushanba