Malayziyaning Kelantan shtati sultoni Muhammad V 13-dekabr kuni 2021-yilga qadar Malayziya qiroli sifatida toj kiydi. U 1957-yilda mustaqillik e’lon qilinganidan buyon taxtga chiqqan 15-monarx bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, to‘qqiz shtat sultonlari va rojalari har besh yilda navbatma-navbat qirol sifatida taxtda o‘tiradi.
Muhammad V tojni Kedax shtati rojasi Abdulhalim Muazzondan qabul qilib oldi.
Izoh (0)