4R6 “Toshkent sh. – Chirchiq sh. – Chimyon q.” avtomobil yoʻlining 66,6–76,5 va 80–81 kilometr qismi toʻla ta’mirdan chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi buyurtmachiligi ostida loyihachi ‘Yoʻl loyiha byurosi’ MChJ tashkiloti tomonidan mukammal ravishda ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari asosida 4R6 “Toshkent shahri – Chirchiq shahri – Chimyon qishlogʻi” avtomobil yoʻlining 66,6–76,5 va 80–81 kilometr qismlarida jami 10,9 kilometr uzunlikdagi 95100 metr kvadrat avtomobil yoʻli, 8700 metr kdavrat avtoturargohlarga asfalt-beton qoplama yotqizilib, 28288 metr kvadrat, yaʼni 9,9 kilometr uzunlikdagi yoʻl yoqasini mustahkamlash ishlari, 1 kilometr uzunlikda zamonaviy talablar asosida svetodiodli yoritish tizimlari va metall qovurgʻali ajratuvchi tasmalar toʻliq qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi”, — deyiladi xabarda.