Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shveysariyada dunyodagi eng uzun Gotard temiryo‘l tunnelida harakatlanish boshlandi. Iyunda ochilgan tunneldan o‘tgan birinchi tarkib Bazeldan Luganoga yo‘l olgan yuk poyezdi bo‘ldi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Inshoot orqali o‘tgan birinchi yo‘lovchi poyezdi Syurixdan Italiyaning Monsa shahriga jo‘nadi. Oddiy fuqarolardan tashqari martabali mehmonlar, jumladan, Shveysariya hukumati va barcha kantonlar ma’muriyatlari xodimlari, parlament deputatlari va temiryo‘l tarmog‘i vakillari uning ilk yo‘lovchilari bo‘ldi.

57 kilometrga cho‘zilgan Gotard tunneli Xokkaydo va Xonsyu orollarini birlashtiruvchi Yaponiyadagi 53,9 kilometrli Seykan tunnelini ortda qoldirdi. La-Mansh ostidan o‘tgan yevrotunnel (49,9 kilometr) endi uchinchi o‘rinni egallamoqda.

Gotard tunnelining qurilish ishlari 17 yil avval boshlangandi. Loyihaning umumiy qiymati 12 milliard Shveysariya frankiga (10,9 milliard yevro) teng bo‘ldi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi