Neftning Brent markasi narxi 2015-yilning 21-iyulidan buyon birinchi marta barreliga 57 dollardan oshdi. Bu haqda savdo ma’lumotlari guvohlik beradi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Narxlarning oshishi OPEK va unga a’zo bo‘lmagan davlatlar tomonidan neft qazib olishni qisqartirish haqida kelishuvga erishilgandan keyin qayd etildi.
Shu bilan bir paytda WTI markali neft narxi ham jiddiy o‘sib, barreliga 54 dollardan oshib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hamda OPEK tarkibiga kirmaydigan bir qator davlatlar keyingi yildan neft qazib olish hajmini sutkasiga 600 ming barrelga qisqartirish borasida kelishuvga erishganligi haqida ma’lum qilingandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)