Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya hamda OPEK tarkibiga kirmaydigan bir qator davlatlar keyingi yildan neft qazib olish hajmini sutkasiga 600 ming barrelga qisqartirish borasida kelishuvga erishdi. Bu Bloomberg agentligiga ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Kelishuvga 10-dekabr kuni Venada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda erishildi.

Delegatning ma’lum qilishicha, hajmlarni qisqartirishga rozi bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston ham bor. Shusiz ham neft qazib olish hajmi qisqarib borayotgan davlatlar, masalan, Meksika, bu ro‘yxatda bor-yo‘qligi noma’lum.

“Biz OPEK tarkibiga kiradigan va kirmaydigan 25 mamlakatni neft bozorini barqarorlashtirish hamda tovarimizning haqqoniy narxini himoya qilish g‘oyasi atrofida to‘pladik”, — dedi Venesuela neft vaziri Euloxio del Pino uchrashuv oldidan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)