Iroq armiyasi federal politsiya ko‘magida Mosul sharqidagi bir qator kvartallarni IShID jangarilaridan tozaladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
To‘qnashuvlarda bir qancha jangarilar yo‘q qilingani aytilmoqda.
Oxirgi hamladan so‘ng Iroq qo‘shinlari Mosulning sharqidagi 70 foiz kvartallarni egalladi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.