Andalusiya osmonidan (Ispaniya janubi) ulkan olovli kurra o‘tib ketdi. Bu haqda, Europe Presse’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Beshta astronomik observatoriya ushbu hodisani Granada va Xaen provinsiyalarida 11-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:25 da qayd etdi. Samo jismining tezligi taxminan 72 ming kilometr/soatni tashkil qildi. Voqeani Ispaniyaning turli burchaklaridan kuzatish mumkin bo‘ldi.
Uelva universiteti professori Xose Mariya Madiyedoning so‘zlariga qaraganda, olovli kurra ulkan hajmga ega bo‘lib, u atmosferadan o‘tib olgan bo‘lishi mumkin. Jismning bir qismi Yerga meteorit sifatida tushgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)