Ancha yillardan buyon davlat telekanallarida ko‘rinmaydigan san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov va “Yalla” ansamblining qo‘shiqlari telekanallar efiridan o‘rin olishni boshlagan. Bu haqda “Qalampir” xabar berdi.
Avvalroq O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi telekanallar O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini efirga uzatayotgani nashr tomonidan ma’lum qilingandi.
Manba Farrux Zokirov 70 yoshni qarshi olgan bo‘lsa ham, hamon to‘y va tadbirlarda faol ekaniga urg‘u bergan. Shuningdek, uning qachon so‘nggi bor TVga chiqqani-yu, “Yalla” oxirgi konsertini qachon taqdim etganini ko‘pchilik eslay olmasligini qayd etgan.
Aytilishicha, Farrux Zokirov va Yulduz Usmonova konsert berish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Izoh (0)