Yuqori tezlikdagi simsiz internet inson uchun suv, elektr quvvati singari asosiy ehtiyoj hisoblanadi, shu bois Niderlandiya hukumati mamlakat aholisini to‘liq Wi-Fi bilan ta’minlash yo‘lida harakat qilmoqda. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri Xenk Kamp bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi o‘n yil ichida Wi-Fi kompyuter va telefonlardagi qo‘shimcha xizmatdan asosiy ehtiyojga aylandi.
“Bu texnologiyasiz iqtisodiyotimiz tushkunlikka tushib qoladi. Iste’molchilar va biznesning simsiz internet orqali xizmat ko‘rsatilishiga bo‘lgan ehtiyoji yaqin yillarda faqat oshib boradi”, — ma’lum qildi Kamp.
Izoh (0)