Moskva markazida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga haykal o‘rnatiladi. Bu haqdagi qaror Moskva shahar dumasi monumental san’at komissiyasi a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi, deb xabar beradi “RBK”.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov bunday qaror qabul qilingani uchun komissiya a’zolariga minnatdorlik bildirdi.
Islom Karimovga Moskvada yodgorlik haykali o‘rnatish tashabbusi haqida oktabr oyining oxirida ma’lum bo‘lgan edi.
Haykal O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi binosi yaqinidagi xiyobonga o‘rnatiladi.
1-noyabr kuni Moskva hokimiyati Prezidiumi Yakimanka tumanidagi xiyobonga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.
Izoh (0)