Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 5-dekabr, dushanba kuni ta’tilga chiqdi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbarining ma’muriyatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati Almazbek Atambayevning ta’tili qancha davom etishiga aniqlik kiritmagan. 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Atambayev mamlakat rivojlanishining yangi strategiyasini ishlab chiqish uchun ta’til olishi haqida aytib o‘tgandi.
Qayd etish joiz, 11-dekabr kuni Qirg‘izistonda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish referendumi va mahalliy kengash deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Odatga ko‘ra, saylovdan so‘ng mamlakat prezidenti matbuot bilan muloqot qilish uchun ommaga chiqishi kerak.
Bundan tashqari, dekabr oyining ikkinchi yarmida Qirg‘iziston prezidentining Hindistonga davlat tashrifi rejalashtirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)