O‘zbekistonlik tadbirkorlar, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, saylov jarayonida ham faol qatnashmoqda. Toshkent shahridagi 195-saylov uchastkasida ana shunday manzarani kuzatish mumkin, deb xabar qiladi O‘zA.
“Konstitutsiyamiz asosida barcha sohalarning qonunchilik asoslari mustahkamlanib borayotgani mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda, — dedi ‘Lak bo‘yoq servis’ MChJ tashqi ishlar menejeri Hojiakbar Ismoilov. — Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilini ro‘yobga chiqarish mexanizmi yanada mustahkamlangani shulardan biridir. Ayni paytda davlat organlari, avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar bu tamoyilning so‘zsiz amalga oshirilishiga bevosita mas’ul etib belgilandi. Bu tadbirkor va ishbilarmonlarga, ayniqsa, kichik biznes vakillariga erkin va samarali ish yuritish, iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bundan foydalanib biz xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarayotgan bo‘yoqlarimizni nafaqat ichki, balki tashqi bozorga ham chiqara qila boshladik. Fuqarolarning saylovga oid huquqlari ham qonunlar asosida kafolatlangani saylov jarayonida erkin ishtirok etish, erkin ovoz berishda o‘z ifodasini topmoqda. Bu jamiyatimizda erkin fuqarolik jamiyati mustahkam qaror topgani, davlatimizning jahon hamjamiyatida huquqiy demokratik davlat sifatida munosib o‘rin egallaganidan dalolat beradi. Jamoamiz a’zolari ham saylovda faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi”.
Izoh (0)