Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

3-dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi deputati, O‘zbekistondagi sobiq elchi Kyoko Nakayama, parlament quyi palatasi deputati Hajime Sasaki, “Nippon Budokan” sport federatsiyalari assotsiatsiyasi ijrochi raisi, sobiq deputat va ta’lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnologiyalar vaziri, Nariaki Nakayamadan iborat delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: TIV matbuot xizmati

Foto: TIV matbuot xizmati

Yaponiya delegatsiyasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

TIVda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida O‘zbekiston–Yaponiya munosabatlari kun tartibining ayrim masalalari, jumladan, ikki tomonlama hamkorlik huquqiy asosining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Yaponiya elchisi Nobuaki Ito ishtirok etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi