Buyuk Britaniyada xakerlar guruhi 4,8 million routerga daxl qildi. Guruh ishtirokchisining so‘zlariga qaraganda, bu ish tasodifan amalga oshirildi, deb xabar beradi TJournal.
Xakerning hikoya qilishicha, u hamkorlari bilan Mirai botnetining modifikatsiyadan o‘tgan versiyasini sinayotgan edi. Xakerlar botnet yuqtirilgan uskunalar sonini oshirishga qaror qilganida dastur Britaniyaning TalkTalk va Post Office provayderlariga qarashli routerlarga mustaqil ravishda buzib kira boshlagan.
Motherboard resursi bilan suhbat chog‘ida xaker uzr so‘radi va provayderlarga mijozlar uchun yaxshiroq routerlar topishni maslahat berdi.
Mirai — turli uskunalardagi zaif nuqtalarni topishga mo‘ljallangan troyan dasturi.