O‘zbekiston Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berganlar soni 30-noyabr, soat 20:00 holatiga ko‘ra 68,7 ming kishidan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga tayanib, UzDaily xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidentiga muddatidan avval ovoz berish jarayoni 2016-yilning 24-noyabr kuni boshlandi va 2-dekabr kuniga qadar davom etadi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston Prezidenti saylovi 2016-yilning 4-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, 4-dekabr kuni Toshkent avtobuslari ham, metrosi ham yo‘lovchilar uchun bepul bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)