AQSh Markaziy razvedka byurosi XX asrda maxfiy sanalgan o‘nlab xaritalarni ochiq resurslarga joylashtirdi. Bundan tashqari, 60–70-yillarning bir qancha rasmiy va maxfiy tadbirlaridan olingan suratlar e’lon qilindi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Chop etilgan xaritalar orasida, xususan, 1941–1942-yillarda Rossiya frontining joylashuvi, 1945-yildagi Yaponiya ta’sir zonasi va Berlinning okkupatsiya zonalari aks etganlari bor.
MRB oshkor qilgan fotosuratlar orasida Jon Kennedining 1961-yili Vyetnam xaritasi fonida tushgan surati, Richard Niksonning 1970-yili Kambodja xaritasi fonida tushgan surati bor.
Izoh (0)