Kolumbiyada halokatga uchragan samolyotning 5 nafar yo‘lovchisi omon qolgani ma’lum qilindi
“Gazeta.ru”ning 360 Radio Colombia’ga asoslanib xabar berishicha, Kolumbiyada halokatga uchragan samolyot bortidan besh nafar yo‘lovchi omon qolgan. Radiokanal bunda mahalliy shifoxonalardan biriga asoslangan.
Ma’lumot uchun, Kolumbiyada halokatga uchragan samolyot bortida 72 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bor bo‘lgan. Yo‘lovchilarning 27 nafari Braziliya chempionatida 9-o‘rinni egallab turgan klub futbolchilari ekani aytilgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar