Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 28-noyabr kuni Rostov viloyat sudidan turib (Rossiya) videokonferensaloqa rejimidagi so‘roqda ishtirok eta boshladi. Yanukovichga birinchi bo‘lib himoya savol bera boshlaydi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Rostov-Dondagi sud zalida, Yanukovichdan tashqari, Ukraina IIV ichki qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni Stanislav Shulyak ham bor.
Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni Kiyev shahrining Svyatoshinskiy tumani sudi Yanukovichni “Maydon ishi” bo‘yicha guvoh sifatida videoso‘roq qilish haqida qaror chiqargan edi.
Izoh (0)