O‘zbekistonda 2016-yilning 10-noyabridan 2017-yilning 10-yanvarigacha yong‘in, yo‘l harakati, elektr va sanoat xavfsizligi, gaz, elektr va issiqlik energiyasi, ko‘mirdan xavfsiz va oqilona foydalanish ikki oyligi davom etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida fuqarolarning e’tiborsizligi oqibatida 619 ta yong‘in sodir bo‘lib, ularning aksariyati ochiq maydonlarda olov yoqish, elektr uskunalari nosozligi, elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqqan. Buning natijasida 1 milliard 228,8 million so‘mlik moddiy zarar ko‘rilgan. Yong‘inlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygan bo‘lsa-da, fuqarolarning tan jarohati olishi ortgan.
Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari rahbarlari va profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda aholi turar joylari, ko‘pqavatli uylar, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy obyektlarda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar natijasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmayotgani uchun rahbar va mutasaddi xodimlarga nisbatan 98 million 472 ming so‘mlik ma’muriy javobgarlik belgilandi. Yong‘in xavfi aniqlangan 323 korxona va tashkilotlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 2 926 dona nosoz elektr va gaz uskunasidan foydalanish taqiqlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)