Belaruslik roupjapmer (arqon bilan sakrash bo‘yicha mutaxassis) Nikolay Glasovskiy 25 metrlik minoradan sakrab, quyuq qaymoq solingan idishga dranik (kartoshkali pishiriq) botirdi. Sakrash videosi YouTube’da joylashtirildi, deb xabar beradi “Belorusskiye novosti”.
Ta’kidlanishicha, Glasovskiy britaniyalik baunji-jamper, 16-noyabr kuni 70 metrlik platformadan sakrab, choyga pechenye botirgan Saymon Berrining rekordidan ilhomlangan.
Izoh (0)