Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriyada qamal sharoitida yashayotgan bolalarning soni oxirgi yil ichida ikki martaga oshib, 500 ming kishiga yetgan. Bu haqda BMTning YuNISEF jamg‘armasi hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Suriyada qamal sharoitida yashayotgan millionlab odam, ayniqsa yuz minglab bolalar uchun mamlakatdagi hayot tuganmas dahshatga aylangan. Bolalarga jarohat yetkazilmoqda, o‘ldirilmoqda, ular maktabga borish yoki hatto o‘ynashga qo‘rqadi. Ular oziq-ovqat va tibbiy yordam yetishmovchiligi sharoitlarida kun kechirmoqda”, — deydi YuNISEF ijrochi direktori Entoni Leyk.

YuNISEFning baho berishicha, 500 ming nafargacha bola mamlakatning 16 ta qamal qilingan aholi punktida, ulardan 100 ming nafari sharqiy Aleppoda yashaydi. Bolalar ta’lim olish va tibbiy yordamni uylar, maktab va shifoxonalarning yerto‘lalarida olishga majbur.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi