Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ikki nafar rossiyalik — 19 yoshli qiz va 23 yoshli yigit 24-noyabr, payshanba kuni Shveysariyaning Tichino kantonida yuz bergan avtohalokatda qurbon bo‘ldi. Rossiyaning Berndagi elchixonasida halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlangan va ularning qarindoshlari voqea joyiga yetib kelgan, deb yozadi “TASS”.

Foto: Twitter/ @SandySulmoni

Foto: Twitter/ @SandySulmoni

Diplomatik vakolatxona xodimi halok bo‘lgan qiz rossiyalik biznesmen Platon Lebedevning nabirasi ekanligini tasdiqladi.

“24-noyabr, payshanba tonggi 04:00 da Kastanyola—Lugano avtotrassasida avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, unda Rossiyaning ikki nafar fuqarosi bo‘lgan. Politsiya taxminiga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Mashina Lugano ko‘liga qulab tushgan”, — deb ta’kidladi elchixona vakili.

Elchixonaning aniqlik kiritishicha, hozirgi paytda jasadlarni olib ketish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi