Ikki nafar rossiyalik — 19 yoshli qiz va 23 yoshli yigit 24-noyabr, payshanba kuni Shveysariyaning Tichino kantonida yuz bergan avtohalokatda qurbon bo‘ldi. Rossiyaning Berndagi elchixonasida halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlangan va ularning qarindoshlari voqea joyiga yetib kelgan, deb yozadi “TASS”.
Diplomatik vakolatxona xodimi halok bo‘lgan qiz rossiyalik biznesmen Platon Lebedevning nabirasi ekanligini tasdiqladi.
“24-noyabr, payshanba tonggi 04:00 da Kastanyola—Lugano avtotrassasida avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, unda Rossiyaning ikki nafar fuqarosi bo‘lgan. Politsiya taxminiga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Mashina Lugano ko‘liga qulab tushgan”, — deb ta’kidladi elchixona vakili.
Elchixonaning aniqlik kiritishicha, hozirgi paytda jasadlarni olib ketish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)