Rossiyaning Stariy Oskol shahrida daryo ustidan o‘tgan temir yo‘l ko‘prigida selfi tushishga uringan maktab o‘quvchisi tok urishidan so‘ng omon qoldi. 24-noyabr kuni bola shifoxonadan chiqarildi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
7-noyabr kuni shahardagi maktablardan birining ikki o‘quvchisi Oskol daryosidan o‘tadigan temir yo‘l ko‘prigiga yaqinlashib, u yerda selfi tushishga qaror qildi. O‘quvchilardan biri ko‘prik ustuniga chiqishga urinish chog‘ida simga tegib ketdi va yiqildi. O‘smir 30 foizlik tana kuyishi bilan shifoxonaga yetkazildi.
U 15-noyabrga qadar reanimatsiyada yotdi. Shundan so‘ng bola oddiy palataga o‘tkazildi va endilikda ambulator davolanish kursidan o‘tmoqda.
Izoh (0)