Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida “Robotlar jangi” musoboqasi bo‘lib o‘tadi. U O‘zbekistonda birinchi marta Respublika bosqichida, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan MIT.uz tanlovi doirasida tashkil qilinmoqda. Bu haqda “Kamolot” YIH vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “MIT.uz”

Foto: “MIT.uz”

Unda istalgan yosh va kasbdagi kishilar qatnashishi mumkin. Buning uchun robotwars.mit.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. “Robotlar jangi” qoidalari bilan ham mazkur sayt orqali tanishish mumkin.

Musoboqa 2016-yilning 12-dekabr kuni soat 10:00 da “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkaziladi. Taqdirlash marosimi ham 12-dekabrning o‘zida, soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.

“Robotlar jangi” musoboqasining har bir ishtirokchisiga tanlovda qatnashganlik haqida sertifikat taqdim etiladi. Bundan tashqari rag‘batlantiruvchi diplom va boshqa sovg‘alar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha beriladi:

  • Eng yosh robototexnik;
  • Eng yaxshi jamoa;
  • Eng yaxshi texnologik robot;
  • Eng yaxshi dizayndagi robot.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi