So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    YeXHT DIIHB missiyasi: O‘zbekistonda hokimiyat o‘tkazilishi izchillik va barqarorlik sharoitlarida amalga oshirilmoqda

    25.11.2016, 09:15 3616

    YeXHT DIIHBning O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasining oraliq xulosalari e’lon qilindi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Hokimiyat o‘tkazilishi izchillik va barqarorlik sharoitlarida amalga oshirilmoqda. Jamiyatda bunga ishonch kuchlidir”, – YeXHT DIIHB missiyasi kuzatuvchilarining xulosasi shunday. Bu haqda mustaqil ekspert Hasan Ilhomov ma’lum qildi.

    Joriy yilning 24-noyabr kuni YeXHT DIIHBning rasmiy veb-saytida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha YeXHT DIIHB missiyasining oraliq hisoboti chop etildi.

    Hisobot joriy yilning 2-noyabridan 20-noyabrigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish yakunlari bo‘yicha tayyorlandi.

    Eslatib o‘tamiz, YeXHT DIIHB missiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan joriy yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Markaziy saylov komissiyasi taklifi saylov kampaniyasi boshlanishi e’lon qilinishi bilan darhol yuborilgan edi. YeXHT DIIHB bilan kuzatish formatidagi hamkorlik an’anaga aylanib ulgurgan. Ushbu tashkilot missiyalari 1999-yildan buyon O‘zbekistonda o‘tkazilgan parlament va prezident saylovlarini kuzatishda ishtirok etib kelmoqda. Bu galgi saylovda YeXHT DIIHBning to‘liq missiyasi faoliyat yuritmoqda. Missiya asosiy guruhi bilan birga uzoq muddatli va qisqa muddatli kuzatuvchilaridan iboratdir.

    Bunday qaror O‘zbekistonning saylovni umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq ochiq-oshkora o‘tkazishga tayyorligi bilan izohlanadi. Bu haqda O‘zbekistonda 11-oktabrdan 14-oktabrgacha bo‘lgan davrdagi saylovoldi holatini baholash yakunlari bo‘yicha YeXHT DIIHB hisobotida ma’lum qilindi.

    Chop etilgan oraliq hisobot vazminlik ruhida tayyorlab yozilgan. YeXHT DIIHB ekspertlarining O‘zbekistondagi saylov jarayoniga har tomonlama va xolis baho berishga bo‘lgan intilishi sezilib turibdi.

    Biroq ikki yarim haftalik bunday qisqa muddatda yuzaki xulosaning oldini olish va O‘zbekistonda yuz berayotgan jarayonlarni his etish mumkinmi? Nima bo‘lganda ham ekspertlar O‘zbekiston saylov tizimini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladigan shart-sharoitlarni tahlil qilishga uringanlar.

    Ular shunday xulosaga keldilar.

    O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat shakllangan bo‘lib, saylov mamlakat Konstitutsiyasiga va qonunlariga qat’iy muvofiq tarzda milliy davlatchilik xususiyatlarini har tomonlama hisobga olgan holda o‘tkazilmoqda.

    YeXHT DIIHB ekspertlari O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat ekanligini, mamlakatda barcha fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlardan va erkinliklardan teng hamda kamsitishsiz foydalanayotganini ta’kidlamoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq ravishda saylovoldi tadbirlarini o‘tkazish uchun uch oylik muddat to‘g‘risidagi talabni hisobga olgan holda joriy yilning 9-sentabr kuni saylov kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi hamda 2016-yil 4-dekabrni saylov kuni deb e’lon qildi.

    2015-yil martda o‘tkazilgan prezident saylovidan keyin, ya’ni 2015-yil dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga hamda boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini YeXHT DIIHB missiyasi a’zolari ijobiy holat sifatida qayd etdi. Bunda diqqat-e’tibor “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonundagi nomzodni Prezidentlikka ko‘rsatish uchun saylovchilarning imzolari zarur miqdorini kamaytirish, saylovoldi tashviqoti tushunchasi, uni olib borish turlari, shakllari va usullari to‘g‘risidagi normalarni mustahkamlash, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish, ovoz berish tartib-taomilini osonlashtirish, vaqtincha yashash joyi bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga fuqarolarni kiritish, muddatidan oldin ovoz berish muddatlari, tartibi va tartib-taomillarini belgilash, Markazay saylov komissiyasi o‘zining rasmiy veb-saytida o‘z qarorlarini albatta e’lon qilishi kabi tuzatishlarga qaratildi.

    Eng asosiysi, ekspertlar yangi qoidalar YeXHT DIIHBning avvalgi tavsiyalarini inobatga olgan holda kiritilganligini va umume’tirof etilgan standartlarga muvofiq kelishini e’tirof etdi.

    Hisobotda saylov komissiyalarini shakllantirishning demokratik tartibi ta’riflanmoqda. Saylov komissiyalari hokimiyatning ijro etuvchi tarmog‘ining ishtirokisiz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining takliflari asosida joylardagi hokimiyat vakillik organlari tomonidan shakllantiriladi. “Saylovchilarni xabardor qilish bo‘yicha kompleks va intensiv kampaniya” DIIHB ekspertlarining diqqat-e’tiborini tortdi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov amaliyotida birinchi marta Saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish dasturi qabul qilinganligi ta’kidlandi. Ushbu dasturda birovning o‘rniga ham ovoz berish kabi holatlarning oldini olish borasidagi ishlar alohida o‘rin egallaydi. Dasturni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari faol ishtirok etmoqda. O‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida teledasturlar tayyorlash va surdotarjimasi bilan birga efirga uzatish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

    Markaziy saylov komissiyasi tomonidan jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarga ularning saylov huquqlarini amalga oshirishda ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda. Bu ham ekspertlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. Xususan, byulletenlar ilk marotaba Brayl shriftida ham tayyorlanadi, saylov uchkastkalari ovoz berish uchun pandus va maxsus kabinalar bilan jihozlanmoqda.

    Shuningdek, hisobotda fuqarolarning saylov huquqlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, saylovchilarning saylovga doir shikoyatlarini doimiy rejimda qabul qiladigan va ko‘rib chiqadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “ishonch telefoni” raqamlarini ishga tushirish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining ishlari ham yaxshi baholandi.

    MSK tomonidan barcha nomzodlarga teng imkoniyatlar berilishi, shu jumladan ommaviy axborot vositalarining barcha turlarida teng efir vaqti va efir maydoni taqdim etilishi, shuningdek saylovchilar bilash uchrashuvlar uchun videokonferens-aloqaning yangi formatidan foydalanish ko‘proq saylovchilarni qamrab olish imkonini berdi, deb ta’kidlanadi hisobotda. Bunda prezidentlikka ko‘rsatilgan barcha nomzodlar uchun teng imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash maqsadida Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi OAV tomonidan milliy qonun hujjatlariga rioya etilayotganligi ustidan monitoring o‘tkazmoqda hamda ushbu axborotni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmoqda. “Prezidentlikka ko‘rsatilgan barcha nomzodlar butun mamlakat bo‘ylab saylovchilar bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazmoqda”, bunda “o‘tish davrida uzluksizlik va barqarorlikka” sodiqlik mazkur uchrashuvlarning bosh mavzusi bo‘lmoqda.

    Hisobotda ta’kidlanishicha, saylov kampaniyasini moliyalashtirishning ochiq-oshkoraligini ta’minlash maqsadida MSK tomonidan siyosiy partiyalarga saylov yakunlari bo‘yicha bir oy davomida o‘z veb-saytida va o‘zining siyosiy gazetasi sahifalarida pul mablag‘larini sarflash to‘g‘risida hisobot chop etish talabi qo‘yildi. Fuqarolarning saylov huquqlari buzilishiga oid shikoyatlarning saylov komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqish tartibiga e’tibor qaratilmoqda. Xususan, shikoyat kelib tushgandan keyin uch kun ichida, agar saylovgacha olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi kerak.

    Shuningdek hisobotda siyosiy partiyalar, chet davlatlar va xalqaro tashkilotlarning saylov jarayoni barcha bosqichlarini kuzatish uchun o‘z navbatchilarini yuborishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda ishtirok etishi mumkinligi qonun hujjatlarida nazarda tutilganligi ta’kidlangan.

    Shu bilan birga hisobotda saylov jarayonidagi ayrim kamchiliklar va muammolar qayd etilmoqda. Ta’kidlanishicha, ularning bartaraf etilishi saylovni yanada yuksak va sifatli o‘tkazishga ko‘maklashadi.

    Avval ham ta’kidlanganidek, muloqot jarayonida O‘zbekiston missiya xulosalariga, konstruktiv tadqidga ochiqdir, tavsiyalar asosli va har tomonlama vazmin bo‘lsa, ularni qabul qilishga hamda ro‘yobga chiqarishga tayyordir.

    Hozirgi vaqtda YeXHT DIIHB missiyasining kuzatuvchilari o‘z ishini davom ettirmoqda. Ular saylov komissiyalariga tashrif buyurmoqda, siyosiy partiyalarda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, fuqarolik jamiyati institutlarida uchrashuvlar o‘tkazmoqda, ommaviy axborot vositalarining saylovni yoritish bo‘yicha faoliyati bilan tanishmoqda.

    Ekspertlarda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini hamda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish amaliyotini rivojlantirish, aholining elektoral faolligini oshirish sohasida O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan batafsil tanishish imkoniyati hali bo‘ladi. O‘tgan yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan saylovlarni kuzatishda ishtirok etgan ekspertlarning ko‘pchiligi saylov tizimini takomillashtirish, jamiyatdagi demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasidagi izchil bosilgan qadamlarni, ularning barqarorlikni, tinchlik-totuvlikni va barqaror taraqqiyotni saqlash uchun ahamiyatini taqqoslashi va ularga haqiqiy baho berishi mumkin.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda choyxonani noqonuniy tekshirgan soliq inspeksiyasi boshlig‘i jarimaga tortildi

    Bugun, 18:28

    Qozog‘istonda baliqdan yuqadigan kasallikka chalinganlar soni ortmoqda. O‘zbekistonda vaziyat qanday?

    Bugun, 18:07

    “O‘n kun muddatda amaliy choralar ko‘rish haqida ko‘rsatmalar berildi”. Vazirlik Chirchiqdagi yonboshlab qolgan 9 qavatli uy haqida

    Bugun, 17:54

    Rasman: Mayk Tayson O‘zbekistonga keladi (video)

    Bugun, 17:50

    O‘zbekistonda yana 15 turdagi ma’lumot va hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi

    Bugun, 17:25

    “Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik sudlanuvchining advokati yana uni qamoqdan olib chiqishga urindi

    Bugun, 17:24

    Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilganidan keyin 186 milliard yevro oladi

    Bugun, 17:15

    O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 111,5 mlrd so‘mlik elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi

    Bugun, 17:05

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov xitoylik bokschi ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi

    Bugun, 16:55

    Toshkent viloyatida taksi haydovchisi o‘ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi (video)

    Bugun, 16:53

    Tavsiya etamiz

    “Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik sudlanuvchining advokati yana uni qamoqdan olib chiqishga urindi

    17:00 / 04.10.2023

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda pensiya olayotgan II jahon urushi qatnashchilari haqida maʼlumot berildi

    16:00 / 04.10.2023

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    11:00 / 04.10.2023

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Doim muzlab yuradigan qo‘l va oyoqlar qanday kasallik belgisi bo‘lishi mumkin?

    13:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.