Ispaniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi Yevropa Chempionlar Ligasi beshinchi turi yakunlariga ko‘ra hafta o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ovoz berish UEFAning rasmiy saytida bo‘lib o‘tdi. Argentinalik forvardga respondentlarning 46 foizi ovoz berdi. Messi Dortmundning “Borussiya” jamoasi yarim himoyachisi Marko Roysdan 3 foizlik farq bilan ustun keldi.
“Barsa”ning “Seltik”ka qarshi kechgan bahsida Messi dubl muallifiga aylandi. Marko Roys esa “Legiya” darvozasiga (8:4) uchta to‘p kiritdi.
Uchinchi pog‘onani “Real” himoyachisi Rafael Varan egalladi. U tur doirasida “Sporting”ga qarshi kechgan uchrashuvda (2:1) hisobni ochgan edi.
Izoh (0)