Eronning Semnon viloyatida ikki yo‘lovchi poyezdining to‘qnashib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Viloyat hokimining so‘zlariga qaraganda, 70 dan ortiq odam shifoxonaga yetkazildi.
Ilgariroq 15 kishi halok bo‘lgani, 52 kishi jarohat olgani bildirilgan edi.
Fojia Shahrud shahri yaqinidagi Haftxon stansiyasida ro‘y berdi. Poyezdlardan biri stansiyada turganida ikkinchi unga kelib urilgani aytilmoqda.
Izoh (0)