24-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Kosta-Rika va Nikaragua “Otto” dovuli zarbasiga tayyorlanmoqda. Kosta-Rika va Nikaragua hukumati “Otto” dovuli yaqinlashayotganligi tufayli bir necha ming kishini evakuatsiya qildi.
2. Uorren Baffett Trampning g‘alabasidan keyin 11 mlrd dollarga boyidi. Baffettning boyligi AQShda Trampning g‘alabasidan keyin kuzatilgan moliyaviy sektordagi kompaniyalar aksiyalari kursining oshishi natijasida ko‘paydi.
3. Obama prezident sifatida so‘nggi marta Shukronalik kuni uchun keltirilgan kurkani afv etdi. Oq Uyning Atirgullar bog‘ida bir necha o‘n kishi ishtirokidagi marosim o‘n daqiqadan ko‘p davom etmadi.
4. Yanukovichning so‘roq qilinishini 300 ga yaqin OAV yoritadi. Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning 25-noyabr kuni videokonferensiya formatida so‘roq qilinadi.
5. Angliyaning tirik afsonalaridan biri Stiven Jerrard futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. Bir qator sovrinlarga ega chiqqan Stiven Jerrardga Angliya chempioni bo‘lish nasib qilmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.