Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) taqiqlangan preparatlar qabul qilgani uchun qozog‘istonlik Ilya Ilyinni Pekin–2008 va London–2012 Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan oltin medallaridan mahrum qildi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

XOQ Intizom qo‘mitasi sportchining “A” va “B” namunalarini o‘rganib chiqdi va uning natijalarini bekor qilishga qaror qildi. Ilyin qancha muddatga diskvalifikatsiya qilinishi Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) tomonidan hal qilinadi.

Qayd etish joiz, qozog‘istonlik sportchi doping mojarosi tufayli Rio–2016 Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan edi.

Ilgariroq XOQ Pekin–2008 Olimpiadasida sovrindor bo‘lgan 4 nafar qozog‘istonlik sportchining natijasini bekor qilgani haqida xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Dunyo Rossiyaning Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taktikasiga aldanmasligi kerak”. AQSH Davlat departamenti Si Szinpinning Moskvaga tashrifiga munosabat
Mahalliy
Jizzaxda YPX xodimlari formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi
Mahalliy
Doshqozonlardagi sumalak, 40 qozondagi osh, tandirdan uzilgan ko‘k somsa: Farg‘onadagi Navro‘z tantanalari — suratlarda