Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Barselona”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi uning jamoasiga hech qachon o‘tmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Ishonchim komilki, Messi hech qachon ‘MYu’ga o‘tmaydi”, — uning so‘zlarini keltiradi Mirror.
“Har mavsum bir voqea takrorlanadi: u ‘Barselona’dan ketmoqchi bo‘ladi, ammo ketmaydi”, — qo‘shimcha qildi Mourinyo.
OAVda tarqalgan xabarga ko‘ra, grand jamoalardan biri Messiga 100 million yevro berib, uni “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirmaslikka ko‘ndirishni rejalashtirmoqda. Agar yangi shartnoma imzolanmasa, xaridor jamoa 250 million yevro miqdoridagi klausulani to‘lash majburiyatidan xalos bo‘ladi.
Bu jamoa “Manchester Yunayted” bo‘lishi mumkinligi haqida yozilgan edi.
Messining “Barsa” bilan shartnomasi 2018-yilga qadar mo‘ljallangan.
“Umid qilamanki, u hech qachon ‘Barselona’ni tark etmaydi, negaki u ‘Barselona’ga tegishli, ‘Barselona’ esa unga tegishli”, — deb xulosa qildi Mourinyo.
Izoh (0)