Gollivud yulduzi Anjelina Joli qariyb 10 yil muqaddam asrab olgan vyetnamlik bola Paks Txiyenning oilasi uni olib ketishni rejalashtirmayapti. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bolaning o‘z bobosi Fan Chiyen bu haqda jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Biz Paks Txiyenning taqdirini kuzatib bormoqdamiz, lekin hech qachon uni bizga qaytarishni talab qilish haqida o‘ylamaganmiz”, — dedi Fan Chiyen.
Uning so‘zlariga qaraganda, oila a’zolari bolaning hayoti yaxshi kechishini istaydi.
G‘arb matbuoti eri Bred Pitt bilan ajrashishi kutilayotgan Anjelina Joli vyetnamlik bolakayning oilasi bilan ham unga vasiylik qilish huquqi uchun sudlashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatgan edi. Ammo Fan Chiyen bu xabarlarning yolg‘on ekanligini ma’lum qildi.
2007-yilda Joli vyetnamlik bolakayni asrab olganida u 3 yoshda edi.
Izoh (0)