20-noyabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Moskvaning “Domodedovo” aeroportida Moskva–Dubay reysining ushlanib qolishiga sabab bo‘lgan mast erkak qo‘lga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, tunda Dubayga yo‘l olayotgan samolyot bortiga mast holatdagi er-xotin chiqqan. Erkak bortda o‘zini yomon tutgan, so‘kingan, yo‘lovchilarga havo kemasini portlatib yuborishi mumkinligini ma’lum qilgan, shuningdek, ekipaj kabinasiga kirmoqchi bo‘lgan.
Ushbu voqea tufayli reys bekor qilindi, 29 yoshli huquqbuzar esa transport politsiyasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ko‘ngilsizlik bartaraf etilgach, samolyot parvozni amalga oshirdi.
Izoh (0)