Dunyo bo‘yicha insonga ilk sun’iy yurak ko‘chirib o‘tkazish mini operatsiyasini amalga oshirgan amerikalik jarroh Denton Kuli 18-noyabr, juma kuni Xyustonda (Texas shtati) vafot etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kuli 1968-yilda AQShda inson yuragini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha ilk muvaffaqiyatli operatsiyani o‘tkazgan. Bu 1967-yilda Janubiy afrikalik jarroh Kristian Bernard tomonidan insondan insonga yurak ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyadan bir yil o‘tib amalga oshirilgan.
Agentlikning ta’kidlashicha, Kuli o‘z karyerasi davomida 100 mingga yaqin kishini operatsiya qilgan va kardiojarrohlikda qo‘llanadigan ko‘p sonli usullarga mualliflik qilgan. Bundan tashqari, u Texas kardiologiya institutiga asos solgan.
Izoh (0)