Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limi binosi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.
“Bo‘limning yangi binosida bemor va shifokorlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Birlashmamizda 88 shifokor, 278 o‘rta ma’lumotli tibbiy xodim 40 mingga yaqin aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda. Qayta rekonstruksiya qilingan va zamonaviy jihozlangan bo‘lim binosi aholi salomatligini ta’minlash sifatini yanada yaxshilash imkonini beradi”, – deydi Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Vaydullayev.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.